Frantsiya terma jamoasida jiddiy yo'qotish bor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 184

Frantsiya chempionatida «Bordo»ga qarshi uchrashuv arafasida «PSJ» asosiy markaziy himoyachisi Presnel Kimpembe jarohat olganini e'lon qildi. Klub matbuot xizmati xabariga ko'ra, frantsiyalik futbolchi kamida 10 kunni o'tkazib yuboradi va bu vaqt davomida u shifokorlar nazorati ostida bo'ladi.
Qayd etilishicha, futbolchining son qismidagi og'riqlardan xavotirda. Shu sababli Kimpembe ham Dide Desham tomonidan Frantsiya terma jamoasining jahon chempionati saralash bosqichidagi bo'lajak o'yinlariga chaqirilmadi.
Qo'shimcha qilish kerakki, endilikda «PSJ» bosh murabbiyi Maurisio Pochettino jamoaning himoyadagi kadrlar muammosiga echim izlashi kerak bo'ladi, chunki boshqa himoyachi Serxio Ramos hali to'liq tiklanib ulgurmagan.

Bosh sahifaga
369