«Nyukasl» Eddi Xou bilan 2024 yilgacha shartnoma imzolaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 134

Jurnalist Fabritsio Romanoning xabar berishicha, Eddi Xou tez orada «Nyukasl»ni qabul qilib oladi.
Manbaning xabariga ko'ra, klub 43 yoshli britaniyalik mutaxassis bilan 2024 yilgacha shartnoma imzolaydi. Xabar qilinishicha, klub Antonio Konte («Tottenxem»), Erik ten Xaga («Ayaks»), Unay Emeri («Vilyarreal») va Paulo Fonsekani («klubsiz») ko'rib chiqqan, biroq bu murabbiylarning barchasi bilan muzokaralar turli sabablarga ko'ra muvaffaqiyatsizlikka uchragan.
Xouning avvalgi klubi «Bornmut» bo'lib, mutaxassis jamoa bilan 2012 yilning oktyabridan 2020 yilning avgustigacha ishlagan.
«Nyukasl» 10 o'yinda 4 ochko bilan APL turnir jadvalida 19-o'rinni egallab turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
377