Immobile «Latsio» tarixiga kirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 142

Evropa ligasi doirasidagi o'yinda «Marsel» darvozasiga gol urgan «Latsio» hujumchisi Chiro Immobile o'z nomini Rim klubi tarixiga yozdi.
Gap shundaki, bu gol italiyalik uchun «Latsio» libosidagi 160-gol bo'ldi. Immobile endi Rimliklarning barcha davrlardagi eng yaxshi to'purari hisoblanadi. Forvard Silvio Piolaning qariyb 80 yil davom etgan rekordini yangilashga muvaffaq bo'ldi.
E'tiborlisi, bu ko'rsatkichga erishish uchun Immobilega atigi 223 ta o'yin kerak bo'lgan. Futbolchi ketma-ket beshinchi yil «Latsio»da o'ynamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
375