«PSJ» «Real» yarimhimoyachisini o'z safiga qo'shib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 161

«Real»ning germaniyalik yarimhimoyachi Toni Kroos «qirollik klubi» safini tark etishi mumkin. Bu haqda Goal.com portali xabar bermoqda.
Tajribali futbolchining madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar tuzilgan va ispan grandi uni uzaytirishga shoshilmayapti. Shu boisdan ham yarimhimoyachi kelasi yiliyoq boshqa jamoaga o'tishi mumkin. Frantsiyaning «PSJ» klubi Kroosga qiziqish bildirmoqda.
Shuningdek, Toniga APLning «Nyukasl» va «Manchester Siti» jamoalari ham qiziqish bildirgan.
Kroos 2014 yildan beri Madrid jamoasi sharafini himoya qilib keladi. Nemis futbolchisi joriy mavsum La Ligada to'rtta o'yin o'tkazdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
409