Messi, Mbappe va Neymar. «PSJ»ning hozirgi paytdagi etakchisi kim?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 206

«PSJ» yozda Lionel Messini sotib oldi va Kilian Mbappeni jamoada saqlab qoldi. Neymarni ham qo'shib hisoblaganda, parijliklar hujum chizig'ida juda dahshatli hujum triosini yaratildi. Shunga qaramay, ular bilan teng sharoitda bo'lish qiyin, kimdir etakchi bo'lishi kerak. Hozirda «Stadion.uz» nashri aynan shu haqida fikr yuritishga qaror qildi.
Trio Messi - Mbappe - Neymar, ko'pchilik bu kuchli uchlikni «Barselona»ning bir necha yil avvalgi hujum uchligi Messi - Suares - Neymar bilan solishtirishga harakat qilmoqda. Hozirgi paytda o'sha futbolchilarning ikkitasi Parijda. Biroq, tashqi o'xshashlikka qaramay, farq juda katta. Kataloniya klubi davrida bu trio ekanligini hamma tushunardi, lekin bosh qahramon argentinalik edi. «Liverpul»dan ko'chib o'tgan goleador Suares ham yonma-yon o'ynashdan tortinmadi. Iqtidorli Neymar ham jamoa uchun o'ynashga tayyor edi.

Bu trioning o'ziga xosligi shundaki, har biri yuqori darajadagi yulduz bo'lsa-da, ular jamoa uchun shaxsiy yutuqlarini qurbon qilishga tayyor edilar. Shu bilan birga, Suares ham, Neymar ham o'zlarini etakchi deb sanab, «qirollik»dan Messini ag'darishga urinmadi, balki uning haqiqiy sheriklariga aylandi. Ammo bu uchlik ko'p o'tmay bu hujum triosi tarqalib ketdi. Neymar etakchi bo'lishni istab qoldi, yoki u ko'pchilik taxmin qilganidek katta pul ishlab topishga qiziqdi va Messining soyasida qolib ketayotganini bahona qilib, «PSJ»ga o'tdi.
Parijliklarning hozirgi hujum uchligi Messi - Mbappe - Neymar. Albatta, «PSJ» nom va erishgan yutuqlar jihatidan «Barselona»dan farq qiladi. Braziliyalik futbolchi Frantsiya poytaxtidagi bosh qahramonga aylanmadi. Neymar Mbappe bilan birga kelgan bo'lsa-da, janubiy amerikalik futbolchi «PSJ»da yosh sherigiga qaraganda kamroq o'yin o'tkazdi. Tabiiyki, bu statistikaga ham Juniorga ta'sir qildi. Mbappe Neymardan ko'proq gol urdi. Lekin gap bu emas. Mbappening har bir o'yinga qo'shgan hissasi yillar o'tgan sayin sezilarli bo'lib ko'rinadi.

Ular Messining o'tishini boshqacha qabul qilgan bo'lsa ajab emas. Neymar endi prima bo'lishga intilmayapti, hozirda «Oltin to'p»ga da'volik qilmaydi. Uning uchun Messining kelishi do'sti bilan uchrashish, yangi kuchli sheriklikning paydo bo'lishi kerak edi. Shu bois, Neymar argentinalik futbolchining transferini olqishladi. Mbappe uchun Messining kelishi «PSJ»ning asosiy yulduzi maqomini yo'qotish xavfidek ko'rindi. Frantsiyalik futbolchi o'zining transferini talab qilgani va kelasi yozda tugaydigan shartnomani uzaytirishni istamagani ham shundan bo'lsa kerak.
Hozirda Mbappe «PSJ» hujumidagi asosiy etakchi bo'lib qolmoqda. Messi yangi jamoaga, yangi shaharga, yangi chempionatga moslasha olmayapti. Argentinalik futbolchi hali ham Liga 1da birorta ham gol ura olmagan, ammo hamma uning «Brest» va «Anje» kabi jamoalar darvozasiga dubl, xet-trik qilishini taxmin qilishgandi. Neymarning ham avvalgi kabi salohiyati yo'q. U joriy Frantsiya chempionatida bir martagina gol urgan. To'g'ri, uning hisobida bir nechta golli uzatma bor, ammo bu bir necha yil oldin Parijga etakchi maqomida kelgan Neymar uchun yarashmaydi. Mbappe yakka o'zi janubiy amerikaliklarga qaraganda ko'proq gol urdi va tez-tez assistentlik qildi.

Mbappe o'zining «PSJ»ning eng yaxshi futbolchisi ekanligini isbotlamoqda, Neymar va Messi esa frantsiyalik futbolchining natijaga erishishida yordam berishga intilishlari kerak. Shu boisdan keyingi mavsumda parijliklar yana xavotirga tushishni boshlaydi. Agar Mbappeni shartnomani uzaytirishga ko'ndira olmasa, klub hujumda jiddiy muammolarga duch kelishi mumkin. Qanchalik g'alati tuyulmasin, Messi va Neymar jamoani oldinga tortishiga ko'pchilik ishonmay qoldi. Sababi, birinchisi tushkunlikka tushib qolgan bo'lsa, ikkinchisining o'yin sifati juda ham pasayib ketgan.
Golga chanqoq Mbappe hozirda har qanday jamoa kiperlarini xafa qilishga tayyor. U Chempionlar ligasida g'alaba qozonishni orzu qiladi, «Oltin to'p»ni qo'lga kiritishni xohlaydi. Mbappe yosh shahzodaga o'xshaydi. Umid qilamizki, Kilian yaqin kunlarda Messiga haqiqiy o'rinbosar bo'ladi.
Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Bosh sahifaga
420