Evropa Ligasi. «Napoli» o'z tarixida ikkinchi bor ushbu ishni uddaladi (4-tur yakunlari)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 121

Evropa Ligasi guruh bosqich 4-tur doirasida «Legiya» hamda «Napoli» jamoalari o'rtasidagi bahs o'tkazildi.
Mazkur o'yin 4:1 hisobida Italiya klubi foydasiga hal bo'ldi. Shu tariqa, neapolliklar o'z tarixida ikkinchi bor evrokuboklarda ketma-ket 5 uchrashuvda 2 yoki undan ko'p gol urishga erishdi. Dastlabki seriya 1988/-89 yilgi mavsumda qayd etilgandi.
Evropa Ligasi 4-turida «Brondbyu» - «Reynjers» o'yini ham o'tkazildi. Uchrashuvda glazgoliklar Balogunning avtogoli evaziga birinchi bo'lib darvozasidan to'p olib chiqdi. Yanis Hagi esa zaxiradan maydonga tushib, «Reynjers»ga bir ochko taqdim etgan gol muallifiga aylandi. Natijada, Shotlandiya klubi barcha musobaqalarda oxirgi 4 o'yinda birinchi gol o'tkazib yuborib, keyin g'alaba erishgan yoki durang qayd etishga erishgan.
«Olimpiakos» hamda «Ayntraxt» jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda Ens Peter Hauge mehmonlarni oldinga olib chiqdi, keyinchalik Yussuf El-Arabining joriy mavsum ushbu musobaqadagi uchinchi goli evaziga hisob tenglashdi. Daichi Kamada esa Germaniya klubiga g'alaba keltirgan gol muallifi bo'ldi.
«Ayntraxt» Gretsiya klubini ikki marta mag'lubiyatga uchratdi. Birinchi to'qnashuvda 3:1 hisobida g'alaba qayd etilgandi, ular bu ishni ikki marta qilishdi.
«Galatasaroy» - «Lokomotiv» (Moskva) uchrashuvida 1:1 hisobi qayd etildi. Qayd etish kerak, jamoa joriy mavsum Evropa Ligasida ilk marta o'z darvozasidan to'p olib chiqdi. Turkiya klubi bundan oldingi 3 o'yinda gol o'tkazmay g'alaba qozonib kelayotgandi.
Belgiyaning «Genk» hamda Angliyaning "Vest Xem" jamoalari o'rtasidagi bahsda jangovar 2:2 hisobi qayd etildi. Ta'kidlash kerak, Moes shogirdlari joriy mavsum Evropa Ligasida ilk gollarini o'tkazib yuborishdi. Natijada, bu mavsum YLda gol o'tkazmagan jamoa qolmadi.
«Lester» o'z maydonida «Spartak»ni qabul qilgan bahsda tomonlar murosa ko'chasini tanlashdi. Mazkur bahsdan keyin «tulkilar»ning evrokuboklar doirasidagi o'z maydonida mag'lubiyatga uchramagan o'yinlari soni 9taga etdi, ammo ular oxirgi 3 uy o'yinida durang o'ynashganini ham e'tirof etish lozim.
Evropa Ligasi 4-tur doirasidagi markaziy o'yinlardan biri Frantsiyada o'tkazildi. «Marsel» - «Latsio» o'yinida 2:2 hisobida durang natija qayd etildi. Uchrashuvda Milik, Felipe Anderson, Chiro Immobile hamda Payet o'z nomlarini tabloga yozdirib qo'yishdi.
E'tiborlisi, Immobile «Latsio» safida barcha musobalaqalarda o'zining 160-golini kiritdi hamda klubning barcha davrlardagi eng yaxshi to'purariga aylanib oldi.
«Baer» - "Real Betis" uchrashuvida 4:0 hisobi qayd etildi. Bu Ispaniya klubining nemis jamoalariga qarshi 6 o'yinda ilk mag'lubiyati bo'ldi va birinchi marta Germaniyada mag'lubiyatga uchradi.
«Ferensvarosh»ga qarshi kechgan safardagi bahsda «Seltik» g'alaba (3:2) qozondi. Bu klubning 27 Evropa Ligasi o'yinida uchinchi safarda erishgan g'alabasi bo'ldi. Vengriya klubi esa evrokuboklarda o'z uyida birorta g'alabaga erisha olganicha yo'q.
Manba: uefa.com
Bosh sahifaga
406