Mourino yana bir «Chelsi» futbolchisini «Roma»ga olib kelmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 154
33
Italiya matbuoti xabariga ko'ra, «Chelsi» futbolchisi Ruben Loftus-Chik yanvar oyida Rimning «Roma» klubiga ko'chib o'tishi mumkin. Ma'lum bo'lishicha, «bo'rilar» futbolchini ijaraga olish variantini ko'rib chiqmoqda.
Angliyalik futbolchi Tomas Tuxel jamoasiga munosib nomzod sifatida ko'rilmayapti. Shu bilan birga, yarimhimoyachining shartnomasi 2024 yilgacha mo'ljallangan.
Shuningdek, «Roma» «Tottenxem» yarimhimoyachisi Harri Uinks nomzodini ham ko'rib chiqmoqda.
Eslatib o'tamiz, «Roma» yozda «Chelsi» hujumchisi Temmi Abrahamni ham sotib olganedi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
196