Agar «PSJ» Ramos bilan shartnomani bekor qilsa, ispaniyalikka qancha tovon puli to'lashi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 277

Bugun 4 noyabr, ammo himoyachi Serxio Ramos sog'lig'i bilan bog'liq muammolar tufayli hali ham «PSJ»da debyut uchrashuvini o'tkazmadi. Ammo dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, ispaniyalik futbolchi kuz oyinig boshida maydonga qaytishi aytilgan edi.
Turli frantsuz nashrlari Parij klubi «Real»ning sobiq futbolchisi bilan shartnomani bekor qilish imkoniyatini ko'rib chiqayotgani haqida yoza boshladi. FourFourTwo nashri jurnalistlari agar mish-mishlar to'g'ri bo'lsa, bu qaror «PSJ» uchun qanchaga tushishi mumkinligini aniqladi.
Manbaning xabariga ko'ra, Ramosning kelishuvida, agar klub u bilan shartnomani bir tomonlama bekor qilmoqchi bo'lsa, 25 million evro miqdorida tovon puli to'lashi ko'rsatilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
195