OFK Kubogi-2021 finaloldi matbuot anjumani: “Al Muharraq” ustozi fikrlari
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 136

OFK Kubogi-2021 final uchrashuvi oldidan matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Unda “Al Muharraq” jamoasi ustozi Isa Sadun Al Hamdani va jamoa etakchilaridan biri Hamza Al Juban ishtirok etishdi.
Isa Sadun Al Hamdani “Muharraq” bosh murabbiyi:
"Biz final o'yiniga jiddiy hozirlik olib bordik. Ushbu musobaqada oldin ham g'olib chiqqanmiz. Bu borada tajribamiz mavjud. Endi oldinda “Nasaf” klubiga qarshi jiddiy uchrashuv kutib turibdi. Lekin biz ijobiy natijaga umid qilyapmiz.
Muharraq O'zbekiston klublariga qarshi hali o'ynamagan. Bu galgi uchrashuv biz uchun yangi tajriba bo'ladi. Lekin bilamiz, O'zbekiston chempionati kuchli, klublar ham ancha saviyali. Qolaversa, o'zbekistonlik futbolchilar Evropada ham o'ynay boshlashdi. Yaqinda Italiya chempionatida o'zbek futbolchisi o'yinini kuzatdim. Umuman olganda, o'zbek klubiga qarshi o'yin oson o'tmasligi aniq.
Raqibni yaxshi o'rganishga urindik. Tarkibida ancha mahoratli o'yinchilar bor ekanini bilamiz. Qolaversa, “Nasaf”ning etakchi himoyachilaridan biri uchun mavsum jarohat sabab allaqachon yakunlanganidan ham xabarimiz bor", - deya so'zini yakunladi bosh murabbiy.
Hamza Al Juban “Muharraq” futbolchisi:
"Jamoamiz final o'yiniga 100 foiz tayyor. O'zbekiston jamoalari hamisha mazmunli o'yin namoyish etishadi, buni juda yaxshi bilamiz. Lekin maqsadimiz – g'alaba qozonish. Buning uchun bor mahoratimizni ishga solamiz", - dedi futbolchi.
Eslatib o'tamiz, "Al Muharraq" - "Nasaf" uchrashuvi ertaga Toshkent vaqti bilan 21:00 da start oladi.
Manba: Nasaf klubi matbuot xizmati
Bosh sahifaga
207