Belgrad-2021: Abdumalik Xalakov finalga yo'l oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 139

Bugundan Belgradda o'tayotgan boks bo'yicha jahon chempionatining yarim final bellashuvlari start oldi.
Hozircha ushbu bosqich bokschilarimiz uchun omadli boshlandi. -60 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Abdumalik Xalakov to'g'ridan to'g'ri final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Gap shundaki, yurtdoshimiz final yo'lida eronlik Doniyol Shohbaxshga qarshi jang o'tkazishi kerak edi. Biroq Shohbaxshning jarohati jiddiy bo'lgani bois raqib ringga chiqmasligini e'lon qildi.
Endi Xalakovning finaldagi raqibi Frantsiya va Dominikan bokschilari o'rtasidagi bahs g'olibi bo'ladi. Ma'lumot uchun, kechki dasturda Madiyar Saidrahimov kubalik Xulio La Kruzga qarshi ringga ko'tariladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
385