Konte «Tottenxem»da bir vaqtning o'zida «Torino»ning uchta futbolchisini ko'rmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 153

«Tottenxem»ning yangi bosh murabbiyi Antonio Konte «Torino»ning uchta futbolchisini jamoada ko'rishni istaydi.
Tuttosport xabariga ko'ra, Konte himoyachilar Vilfrid Singo va Gleison Bremer hamda hujumchi Andrea Belottiga qiziqish bildirmoqda.
Qayd etilishicha, murabbiyni eng ko'p transfer narxi 20-25 million evroga baholangan Shingo qiziqtirmoqda.
Joriy mavsumda Shingo 12 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
376