Maykl Ouen «Liverpul»ni Chempionlar ligasi favoriti deb hisoblaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 161

«Liverpul»ning sobiq hujumchisi Maykl Ouen mersisaydliklarni Chempionlar ligasining joriy mavsum favoriti deb hisoblaydi.
«Liverpul» Chempionlar ligasining favoriti. Ular uchun eng katta xavf «Siti» va «Chelsi». Men Enfild omilini boshimdan olib tashlay olmayapman. U erda javob uchrashuviga borsangiz omad! «Enfild»dagi «Liverpul» deyarli engilmas», — deydi Ouen.
«Liverpul» 12 ochko bilan Chempionlar ligasining «B» guruhida birinchi o'rinni egallab turibdi. Jamoa turnirning pley-off bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Ayni damda «Bavariya», «Yuventus» va «Ayaks» ham Chempionlar ligasining 1/8 finaliga yo'l olishdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
370