«Barselona» ikkita homiydan voz kechdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 198

Jiddiy moliyaviy qiyinchiliklarga qaramay, «Barselona» ikki kompaniya bilan hamkorlik qilishdan bosh tortdi. Jurnalist Sergi Eskudero o'zining Tvitter sahifasida EFE'ga tayanib xabar berishicha, Hindistonning onlayn ta'lim kompaniyasi kataloniyaliklarga o'z logotipini formaga qo'ygani uchun 58 million evro + 15% bonus taklif qilgan.
Shu bilan birga, kriptovalyuta bilan ishlaydigan kompaniya 70 million evro + 20% bonuslarni taklif qildi. Ikkala taklif ham «Barselona» tomonidan rad etildi.
Avvalroq, «Barselona»ning qarzi bir milliard evrodan oshgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
379