Yaqin soatlar ichida Xavi «Barselona» murabbiyi sifatida tanishtiriladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 132

Kataloniyaning «Barselona» klubi hozirda Qatarning «As-Sadda» jamoasida ishlayotgan ispaniyalik murabbiy Xavi Ernandes bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi.
Radiomarcabarcelona nashri xabariga ko'ra, 41 yoshli mutaxassisning bosh murabbiylik lavozimiga tayinlanishi yaqin soatlar ichida e'lon qilinadi. Tomonlar uch yillik shartnoma imzolaydi.
Eslatib o'tamiz, Ernandes kataloniyalik grandning tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 1997 yildan 2015 yilgacha jamoa sharafini himoya qilgan. Shundan so'ng u bir necha mavsumni «As-Sadda»da o'tkazdi, keyin esa Qatar jamoasi boshqaruvini qabul qildi.
O'tgan hafta o'rtalarida «Barselona» gollandiyalik Ronald Kumanning ishdan bo'shatilishi haqida xabar berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
340