"Men uni ketganini bilganimda yig'lagan edim" — Maruan Fellayni
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 340

Sobiq "MYu" va "Everton" futbolchisi Maruan Fellayni Devid Moyes haqida fikr bildirdi. U bu haqda "Athletic" nashriga shunday deydi:
"Men uning iste'fo berganini eshitib juda xafa bo'lgandim. Chunki u jamoada katta muvaffaqiyatga erishishni istagan edi. Agar siz o'sha paytda "Everton"ning istalgan futbolchisidan Moyes haqida so'raganingizda ularning hammasi uni qanchalik oliyjanob inson ekanini aytgan bo'lardi. Men oldindan aytib kelganman: agar Moyesga vaqt berilganida u yaxshi jamoa shakllantira olgan bo'lardi. Men uni "Vest Xem"dagi faoliyatini kuzatib turaman. Uning jamoasi kuchayib bormoqda. Ochig'ini aytaman, men uning "MYu"dan ketganini bilganimda, yig'lagan edim. Negaki, u jamoa bilan uzoq vaqt qoladi deb o'ylardim".
Fellayni va Moyes "Everton"da ham birga ishlagan. Moyes 2014 yilda belgiyalikni shaxsan "MYu"ga taklif etgan edi.
Manba: futaa.com
Bosh sahifaga
183