Mourino «Real» futbolchisini sotib olmoqchi. Biroq...
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 189

Rimning «Roma» klubi bosh murabbiyi Joze Mourino klub rahbariyatidan qishda yangi transferlarni amalga oshirishni talab qildi.
Italiyaning Gazzetta dello Sport nashri xabariga ko'ra, portugaliyalik mutaxassis «Real» himoyachisi Nacho Fernandesni jamoasida ko'rmoqchi. Manbaga ko'ra, ispaniyalik himoyada raqobatni kuchaytirmoqchi bo'lgan Mourino uchun ustuvor vazifa hisoblanadi.
Biroq transferga madridliklarning kadrlar bilan bog'liq holati to'sqinlik qilishi mumkin. Gap shundaki, «qaymoqranglilar» Rafael Varan va Serxio Ramos ketganidan keyin ham bu pozitsiyada ijrochilar etishmaslik holatini boshdan kechirmoqda.
Qayd etilishicha, kelishuv «Real»da Nacho o'rniga o'rinbosar topishga ulgursagina amalga oshadi.

Bosh sahifaga
184