Konte «Tottenxem» futbolchilariga: «Men sizlarga hamma narsani beraman»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 148

«Tottenxem»ning yangi bosh murabbiyi futbolchilar bilan uchrashdi, deb xabar beradi Daily Mail nashri.
Manbaga ko'ra, italiyalik mutaxassis emotsional nutqi bilan futbolchilarni ruhlantirgan.
«Men sizlarga hamma narsani beraman», — dedi murabbiy.
Agar, futbolchilar jamoa uchun borini berib xarakat qilsa, Konte ularning har biri uchun hamma narsaga tayyor ekanligini aytdi. U jamoada birlashish, natija uchun juda ko'p mehnat qilish muhimligini ta'kidladi. Shuningdek, italiyalik mutaxassis yangi futbolchilariga jamoaga g'alabali ruhiyat berishini, biroq ular qiyin sharoitlarda, ayniqsa mashg'ulotlarda mehnat qilishga tayyor bo'lishlari kerakligini aytdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
379