Kazemiro «Real Madrid» safidagi yubiley uchrashuvini o'tkazdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 121

«Real Madrid» yarimhimoyachisi Kazemiro UEFA Chempionlar ligasi doirasidagi «Shaxtyor»ga qarshi o'yinda «qirollik klubi» safidagi yubiley 300-o'yinini o'tkazdi.
Kazemiro «Real Madrid» safida 300 ta o'yin o'tkazgan tarixdagi uchinchi braziliyalik futbolchidir. U Marselo va Roberto Karlosning natijasini takrorladi.
Eslatib o'tamiz, madridliklar «Shaxtyor»ni 2:1 hisobida mag'lub etdi va 2021/22 yilgi Chempionlar ligasi guruh bosqichida 9 ochkoni qo'lga kiritdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
286