Anchelotti ishonch bildirmagan «Real Madrid» futbolchisi Angliya va Italiya klublaridan biriga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 172

«Real Madrid» yarimhimoyachi Isko Madrid klubidan ketishi mumkin. 29 yoshli futbolchiga bosh murabbiy Karlo Anchelotti ishonch bildirmayapti. Ispaniyalik futbolchining o'zi esa anchadan beri klubdan ketish haqida o'ylamoqda.
Katta ehtimol bilan hujumkor yarimhimoyachi qishda transfer oynasida klubdan ketadi. Super Deporte nashri xabariga ko'ra, Isko agentlar allaqachon «Nyukasl» va «Yuventus» rahbarlari bilan bog'lanishgan. Agar tomonlar hozir kelisha olmasa, futbolchi yozda erkin agent sifatida ushbu klublardan biriga qo'shiladi.
Joriy mavsumda Isko «Real Madrid» safida bor yo'g'i 6 marta maydonga tushdi va faqat bitta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
289