Benzema: «Biz uchun qiyin o'yin bo'ldi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 111

«Real» hujumchisi Karim Benzema UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichi 4-turidan o'rin olgan «Shaxtyor»ga qarshi o'yin (2:1) haqida fikr bildirdi.
«Biz uchun qiyin o'yin bo'ldi. Raqib kuchli ekanligini bilardik va yakunda qiynalishimiz mumkin edi, ammo g'alaba qozona oldik. Eng muhimi - g'alaba.
Biz har uch kunda o'ynashimizga to'g'ri kemoqda, bu unchalik oson emas. Bugun yaxshi o'ynamagan bo'lsak-da, g'alaba qozona oldik. Muxlislar ajoyib o'yinni ko'rishni istashlari aniq. Biz har doim buni amalga oshirishga harakat qilamiz» - Benzemaning so'zlarini keltiradi Marca.
«Real Madrid» 9 ochko jamg'arib, 2021/2022 yilgi mavsumda UEFA Chempionlar Ligasi «D» guruhida 1-o'ringa ko'tarilib oldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
289