Mourino: «Men xato qildim»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 199

Ertaga «Roma» Konferentsiya ligasi doirasida o'z maydonida «Bodo-Glimt»ga qarshi o'ynaydi. Ikki hafta oldin jamoalar Norvegiyada to'qnash kelishgan va Joze Mourino shogirdlari 1:6 hisobida mag'lub bo'lgandi. Bugun bo'lib o'tgan matbuot anjumanida portugaliyalik murabbiy o'sha o'yinni esladi.
«O'shanda hammamiz xato qilganmiz. Men kimdir noto'g'ri ish qilgan deb aytmoqchi emasman. Biz jamoa bo'lib mag'lub bo'ldik, ertaga esa jamoa bo'lib g'alaba qozonishni istaymiz.
Ertangi o'yinda biz boshqacha tarkibga ega bo'lishimiz aniq. Birinchi o'yinda men hamma narsadan qo'rqdim: maydon, charchoq va hokazo. Men xato qildim, hammamiz xato qildik», - dedi Mourino.
Eslatib o'tamiz, Norvegiyadagi 1:6 hisobidagi mag'lubiyat Joze Mourino uchun faoliyatidagi eng yirik mag'lubiyat bo'ldi.

Bosh sahifaga
341