Mourino jarimaga tortildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 156
33
Italiya A Seriyasining 11-turida «Roma» o'z uyida «Milan»ni qabul qilgandi (1:2). Ushbu bahsda «bo'rilar» bosh murabbiyi Joze Mourino ta'qiqlangan harakatlarni amalga oshirganligi tufayli Italiya futbol federatsiyasi tomonidan jarimaga tortildi.
Mourino o'yindan keyin hakamlarning kiyim almashtirish xonasiga kirib nojo'ya holatlarni amalga oshirgan. Shu sababli portugaliyalik mutaxassis 10 ming evro jarimaga tortilgan.
Eslatib o'tamiz, 58 yoshli murabbiy boshqaruvida rimliklar 19 ochko bilan A Seriya turnir jadvalida 4-o'rinni band etib turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
345