«Manchester Yunayted» Pogba o'rniga ideal o'rinbosar topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 372

Football Insider nashri xabariga ko'ra, «Manchester Yunayted» rahbariyati «Monako»ning 21 yoshli yarim himoyachisi Orelen Tchuameni bilan shartnoma imzolash imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
«Qizil iblislar» skautlari futbolchining Evropa ligasi guruh bosqichi 4-turi doirasidagi PSVga qarshi o'yinini kuzatib boradi. Agar yarimhimoyachi o'zini ko'rsatsa, u holda tomonlar muzokaralarni boshlaydi.
Eslatib o'tamiz, Tchuamenining «Monako» bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning iyuniga qadar tuzilgan va futbolchining narxi 60 million evroga baholangan.

Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
326