Alisher Usmonovning jiyani «Everton» direktorlar kengashidan ketdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 136

Kelib chiqishi o'zbekistonlik bo'lgan rossiyalik milliarder Alisher Usmonovning jiyani Sarvar Ismoilov «Everton» klubi direktorlar kengashi a'zoligidan ketganini e'lon qildi.
Qayd etilishicha, Ismoilov «shaxsiy va tibbiy sabablarga ko'ra» direktorlar kengashini tark etgan. Shuningdek, u «Everton» ayollar jamoasida sport va tijorat direktori lavozimini ham tark etishga qaror qilgan. Qaror darhol kuchga kiradi, deya xabar beradi ingliz klubi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, Ismoilov shu yilning iyul oyida «Everton» direktorlar kengashiga qo'shilgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
326