Keyn kelajagi borasida bir qarorga keldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 178

Jahon futbolining eng yaxshi markaziy hujumchilaridan biri, Londonning «Tottenxem» klubida to'p surayotgan Harri Keyn kelajagi haqida bir qarorga keldi.
The Sun nashri xabariga ko'ra, hujumchi Antonio Konte jamoasiga qo'shilganidan keyin, ingliz ketish haqida o'ylamayapti. 28 yoshli futbolchining fikricha, italiyalik mutaxassis «shporlar»ni sovrinlar sari etaklay oladi.
Konte 2 noyabr seshanba kuni London jamoasi boshqaruvini qabul qildi. Tomonlar 2022/2023 yilgi mavsum oxirigacha shartnoma imzolashdi. Shartnomada hamkorlikni yana bir yilga uzaytirish mumkin bo'lgan band bor.
Keyn hamon mavsumni samarasiz o'tkazmoqda. Premer-liganing to'qqizta o'yinida Harri atigi bitta gol urgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
211