Pogba "Yuventus"ga qaytish uchun maoshini qisqartirishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 131

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba "Yuventus"ga qaytishni istamoqda.
Italiyaning La Gazette Dello Sport nashri bergan ma'lumotlarga ko'ra, 28 yoshli frantsiyalik futbolchining agenti Mino Rayola allaqachon Turin klubi rahbariyatiga futbolchining jamoaga qaytish istagi borligini ma'lum qilgan. Ammo "Yuve" prezidenti Andrea Anelli Rayolaga Pogba "MYu"da oladigan maoshni (14 million evro) to'lay olmasligini aytadi.
Qayd etilishicha, frantsuz klubga qaytish uchun maoshini qisqartirishga tayyor.
Joriy mavsum, Pogba APLning 9 o'yinida ishtirok etib, 7 golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: Sports.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
216