Anchelotti: "Shaxtyor"ga qarshi o'yindagi g'alaba juda muhim"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 141

Madridning "Real" jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Chempionlar ligasi doirasidagi "Shaxtyor"ga qarshi o'yin haqida gapirdi.
"Jamoamiz ayni vaqtda ajoyib formada, bu meni qoniqtirmoqda. O'yinda g'alaba qozonish uchun yaxshi strategiya ishlab chiqishga harakat qilamiz, chunki bu o'yin biz uchun juda muhim. Nafaqat bizga, balki boshqa jamoalarga ham muhim.
Bu uchrashuvdagi natija ko'p narsani o'zgartiradi. Agarda mag'lub bo'lsak, qolgan ikki o'yinda g'alaba qozonishga majbur bo'lamiz. Agar g'alaba qozonsak, o'zimizni bir oz engil his qilamiz", - dedi Anchelotti.
Eslatib o'tamiz, "Real Madrid" – "Shaxtyor" uchrashuvi 3-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 22:45 da boshlanadi.
Manba: Sport-Box.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
210