Muxlislar Peres iste'fosini so'rab chiqishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3375

«Real» klubining bir qator muxlislari «Selta»ga qarshi kechgan bahsda (2:0) jamoa prezidenti Florentino Peresga qarshi aktsiya o'tkazishdi.
Jamoaning ushbu mavsumdagi natijalaridan norozi bo'lgan ishqibozlar «Santyago Bernabeu» stadionida ikkita bannerni namoyish qilishdi. Ularda: «Florentino, ket» va «Aybdor Florentino», deya yozilgan edi.
Biroq stadion xavfsizligiga ma'sul shaxslar birinchi bo'limdayoq ushbu bannerlarni olib tashlashgan.

Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
215