EChL. "Atalanta" - "Manchester Yunayted". Raqamlar so'zlaganda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 164

Chempionlar Ligasi guruh bosqich 4-turi doirasida «Atalanta» o'z maydonida "Manchester Yunayted"ni qabul qiladi.
Mazkur bahsdan oldin qiziqarli ma'lumotlarni taqdim etamiz.
* 2019/20 yilgi mavsumga qadar Sjempionlar Ligasida biror marta qatnashmagan «Atalanta» musobaqaning guruh bosqichida ketma-ket uchinchi yil ishtirok etmoqda. Debyut mavsumida chorak finalgacha etib borgan Bergamo klubi, o'tgan mavsumning nimchorak finalida «Real»ga imkoniyatni boy berdi.
* Italiya klubi o'tgan mavsum D guruhining 6-turida «Ayaks»ni 1:0 hisobiga mag'lub etgan holda 11 ochko bilan «Liverpul»dan keyin ikkinchi o'rinni band etgan. Qayd etish kerak, o'tgan mavsum 3-turida Mersisayd klubidan qabul qilib olingan 0:5 hisobidagi mag'lubiyat Bergamo jamoasining evrokuboklardagi eng yirik muvaffaqiyatsizligi sifatida tarixdan joy oldi. Gasperini jamoasi keyinchalik «Enfild»da o'tgan bahsda 2:0 hisobida zafar quchib, guruhdagi holatini yaxshilab olgandi.
* «Atalanta» evrokuboklardagi 26 uy uchrashuvida 4 mag'lubiyat qayd etgan (13 g'alaba, 9 durang).
* «Atalanta» o'tgan mavsum Iataliya chempionatida ketma-ket ikkinchi mavsum 3-o'rinni egalladi va Italiya kubogi finaliga qadar etib borib, «Yuventus»ga 1:2 hisobida mag'lubiyatga uchradi.
* «Atalanta» uchinchi mavsum guruh bosqichida qatnashayotgan bo'lsa, ularning hammasida Angliya klublariga to'qnash kelgan. Debyut mavsumida "Manchester Siti"ga 1:5 hisobida imkoniyatni boy berib, keyingi uchrashuvda durang qayd etgan Bergamo klubi, o'tgan mavsum «Liverpul» bilan bellashgan edi.
* «Atalanta» shuningdek, 2017/18 yilgi mavsumda Evropa Ligasi guruh bosqichi doirasida «Everton»ga qarshi o'ynagan. Birinchi to'qnashuvda 5:1, ikkinchi o'yinda esa 3:0 hisobida g'alaba qayd etilgan.
* "Manchester Yunayted" Chempionlar Ligasi guruh bosqichida 24-marotaba qatnashmoqda. Bu Angliya klublari orasida rekord ko'rsatkich hisoblanadi. Keyingi o'rinlarda «Arsenal» (19) hamda «Chelsi» (18) klublari kelishmoqda. Umuman, musobaqada faqatgina «Real» va «Barselona» (26) hamda «Portu» va «Bavariya» (25) jamoalari mankunianliklardan ko'proq marta EChLda qatnashishgan.
* "Qizil iblislar" jami 18 marta guruhdan keyingi bosqichga yo'l olishgan, bu ham Angliya klublari orasida rekord hisoblanadi. O'tgan mavsumda esa MYu PSJ va «Leyptsig» jamoalaridan keyin guruhda uchinchi o'rinni egallagandi.
* 1968 yilda Evropa kubogi sohibi bo'lgan «Yunayted» EChLda 1999 hamda 2008 yillarda chempion bo'lgan hamda 2009 va 2011 yillarda finalga qadar etib borgan. Mana shu 4 musobaqaning barchasi Ser Aleks Fergyuson davrida qo'lga kiritilgan.
* Uchrashuvni Slavko Vinchich boshchiligidagi sloveniyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Ayni vaqtda «Yunayted» hisobida 6 (1-o'rin), «Atalanta»da esa 4 ochko (3-pog'ona) mavjud.
* Jamoalarning birinchi davradagi to'qnashuvida MYu Ronalduning 81-daqiqada kiritgan goli evaziga irodali g'alabaga erishgandi.

Bosh sahifaga
284