Manba: Antonio Konte - "Tottenxem" bosh murabbiyi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 175

Mutaxassis London klubi sport direktori Fabio Paratichi bilan og'zaki kelishuvga erishdi.
Italiyalik mashhur futbol jurnalisti Fabritso Romanoning xabar berishicha, Londonning "Tottenxem" jamoasi yangi bosh murabbiy lavozimiga Antonio Konteni tayinladi. Barcha shartlar og'zaki tarzda kelishib olindi. Shartnoma 2023 yilgacha tuziladi va bu haqida yaqin bir necha soatlarda rasmiy e'lon qilinadi, deyilgan xabarda.
Eslatib o'tamiz, "xo'rozlar" kecha portugaliyalik Nunu Eshpiritu Santuni muvaffaqiyatsiz natijalar tufayli iste'foga chiqargan edi.
Manba: Fabrizio RomanoFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
295