"Bavariya" bosh murabbiyi jarohatlanganlar to'g'risida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 106

Myunxenliklar bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann Chempionlar ligasi 4-turi doirasidagi "Benfika"ga qarshi o'yin oldidan jarohatlanganlar haqida fikr bildirdi.
“Devis hali ham mushaklari bilan bog'liq muammolarni boshdan kechirmoqda. Uning maydonga tushishi haqda ertaga qaror qabul qilamiz. Gorettska normal formasiga qaytdi. O'ylaymanki, Ernandes ham ertaga o'ynay oladi.
Tolisso? U oxirgi o'yinni yaxshi saviyada o'tkazdi. U ruhan kuchli futbolchi. Men jamoada shunday futbolchilar ko'payishini xohlayman. Tolissoning saviyasi yaxshi ekanini mashg'ulotlarda ham ko'ryapmiz. Agar futbolchi yaxshi formada bo'lsa, bu bizning muvaffaqiyatimizga katta ta'sir qiladi", - dedi Nagelsmann "Bavariya" matbuot xizmatiga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, "Bavariya" - "Benfika" uchrashuvi 2 dan 3 noyabrga o'tar kechasi 01:00 da start oladi.
Manba: Sport-Express.ru
Bosh sahifaga
316