"Manchester Yunayted" muxlislariga hujum uyushtirildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 161

"Manchester Yunayted" muxlislariga Chempionlar ligasi 4-turi doirasida "Atalanta"ga qarshi o'yin oldidan Bergamodagi barda hujum uyushtirildi, deya xabar beradi La Gazette Dello Sport.
Manbaning ma'lumotiga ko'ra, voqea 31 oktyabrdan 1 noyabrga o'tar kechasi sodir bo'lgan. 20 kishidan iborat guruh barga bostirib kirib, ingliz klubi muxlislariga hujum qilgan. "Manchester Yunayted" muxlislaridan biri elkasi lat egan, bar xodimi esa shisha parchasi tufayli jarohatlangan.
Eslatib o'tamiz "Atalanta" - "Manchester Yunayted" uchrashuvi bugun, 2 dan 3 noyabrga o'tar kechasi soat 01:00 da start oladi.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
334