Beyl jarohati borligiga qaramay Uels terma jamoasiga chaqirildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 115

Uels terma jamoasi bosh murabbiyi Robert Peyj JCh-2022 saralashidan o'rin olgan Belarus va Belgiyaga qarshi o'yinlar uchun 28 nafar futbolchidan iborat tarkibni e'lon qildi.
Uels terma jamoasi sardori Garet Beyl ham ushbu ro'yxatga kiritilgan. Hozirda hujumchi jarohati sabab “Real” bilan mashg'ulot o'tkazmayapti. Uels terma jamoasi matbuot xizmati esa hujumchi jarohatidan forig' bo'lgani haqida xabar berdi.
Eslatib o'tamiz, 32 yoshli Beyl o'zining so'nggi uchrashuvini sentyabr oyida milliy terma jamoa safida Estoniyaga qarshi o'yinda o'tkazgan edi.
Manba: Sport-Box.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
346