Aguero muxlislarga murojaat qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 137

"Barselona" hujumchisi Serxio Aguero ijtimoiy tarmoqlar orqali muxlislarga o'zini qo'llab-quvvatlagani uchun muxlislarga minnatdorchilik bildirdi.
"Men yaxshiman va tiklanish jarayonidan yaxshi o'tish uchun juda ko'p kuchim bor. Tezroq sog'ayib ketishim uchun qo'llab-quvvatlovchi xabarlar yuborganingiz uchun barchangizga rahmat aytmoqchiman", - deb yozdi Aguero ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Argentinalik hujumchi joriy mavsum "Barselona" uchun Ispaniya chempionatida to'rtta o'yin o'tkazib, bitta gol urishga erishgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
306