Zidan futbolchilik faoliyatidagi eng katta xatosi haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 301

Frantsiya terma jamoasining sobiq etakchisi Zinedin Zidan butun futbolchilik faoliyati davomida faqat bitta narsadan qattiq afsusda bo'lganini tan oldi. Sobiq futbolchi hech qachon o'z ona shahri klubi "Marsel" jamoasida o'ynamaganidan xafa.
"Yoshligimda Marselni tark etganman. Futbolchi bo'lganim uchun u erda ko'p yashay olmaganman. Vaqti-vaqti bilan shaharga tashrif buyurib turaman. 15, 16 yoki 17 yoshimda tez-tez "Marsel" o'yinlarini ko'rgani borardim va har doim o'zimga shunday der edim: bir kun kelib shu erda o'ynayman. Lekin oxir-oqibat, turli sabablarga ko'ra, menda hech qachon bunday imkoniyat bo'lmadi. Bu futboldagi eng katta armonim", - dedi Zidan La Provence nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Zidan FIFA tomonidan uch karra yilning eng yaxshi futbolchisi (1998, 2000, 2003) deb topilgan.
Manba: Sport-Box.ru
Bosh sahifaga
346