Messining "Leyptsig" bilan o'yindagi ishtiroki so'roq ostida
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 131

"PSJ" hujumchisi Lionel Messi Chempionlar ligasining 4-turi doirasida "Leyptsig"ga qarshi o'yinda ishtirok etishi so'roq ostida. Bu haqda L'Équipe nashri xabar bermoqda.
Futbolchida "Lill"ga qarshi o'yin davomida mushaklarda noqulaylik paydo bo'lgan va bu hali ham davom etmoqda. Bundan tashqari, argentinalikning tizzasida ham kichik muammolar bor. Parijliklar bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Germaniya klubiga qarshi o'yinda ishtirok etish borasida qaror qabul qilish uchun tibbiy shtabdan futbolchining ahvoli haqida qo'shimcha ma'lumot kutmoqda.
Shu bilan birga, quloq infektsiyasiga chalingan hujumchi Kilian Mbappe ham "buqalar"ga qarshi o'yinda maydonga tushishi aniq emas.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
297