Belgrad-2021. Ring bo'ylab qochuvchi yaponiyalik bokschi Mo'ydinxo'jaevni mag'lub etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 103

Belgraddagi boks bo'yicha jahon chempionatida oltinchi bokschimiz musobaqani tark etdi. 67 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan iqtidorli sportchimiz Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev nimchorak final bosqichida yaponiyalik Sevonrets Okazavaga qarshi jang o'tkazdi.
Kunchiqar yurt vakili asosan ring bo'ylab qochib, faqat qarshi hujumda kuchli bo'lmagan zarbalar bilan ishlashga urindi. Bu uslub hamyurtimizga noqulaylik tug'dirdi. Hakamlar esa ustunlikni Okazavaga berishdi. Yakuniy baholar — 28:29, 28:29, 27:30, 27:30, 27:30.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
217