«Barselona» rahbariyati Xavi uchun Qatarga boradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 130

«Barselona» rahbariyati shu haftada «AS Sadd» bosh murabbiyi Xavi Ernandes bilan shartnoma imzolash uchun Qatarga boradi, deb xabar beradi Mundo Deportivo.
Manbaning xabariga ko'ra, mutaxassis Kataloniya klubi bilan 4 noyabr, payshanba kuni shartnoma imzolashi mumkin. «Barselona» ustozi sifatida Xavi o'tgan hafta ishdan bo'shatilgan Ronald Kumanning o'rnini egallashi mumkin.
11 o'yindan so'ng 16 ochko to'plagan «Barselona» Ispaniya chempionati turnir jadvalida 9-o'rnida bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
225