Manba: «Tottenxem» Konte bilan muzokara boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 124

Angliyaning «Tottenxem» klubi rahbariyati Nunu Santu o'rniga italiyalik mutaxassis Antonio Konteni ko'ndirmoqchi. Bu haqda Fabritsio Romano o'zining twitter sahifasida xabar berdi.
Konte «shporlar»ning iyun oyidan beri yangi murabbiylikka nomzodlar ro'yxatida birinchi o'rinni egallab turibdi. Kontening so'nggi klubi «Inter» edi. Italiyalik mutaxassis 2019 yildan 2021 yilgacha jamoani boshqargan. «Inter» bilan Antonio Italiya chempioniga aylandi. Biroq, 2021 yilning 26 mayida italiyalik va klub o'zaro kelishuvga ko'ra shartnomani bekor qilishdi.
Eslatib o'tamiz, londonliklarning amaldagi bosh murabbiyi Nunu Espirito Santuning pozitsiyasi jamoaning Angliya Premer-ligasining 10-turida «Manchester Yunayted»ga qarshi o'yindagi mag'lubiyatidan so'ng (0:3), ishdan ketishiga sabab bo'ldi.

Bosh sahifaga
232