68 mertlik gol muallifi Frantsiya chempionati rekordchisi aylandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 152

«Sent-Eten» yarimhimoyachisi Vahbi Xazri Frantsiya chempionati rekordchisiga aylandi. Kecha «Mets»ga qarshi o'yinda (1:1) 30 yoshli tunislik yarimhimoyachi o'ta uzoq masofadan gol urishga erishdi.
Futbolchi raqiblar darvozasiga 68 metrdan zarba berdi. Opta statistik nashrining Twitter sahifasidagi ma'lumotlarga ko'ra, Xazri Liga 1'ning yangi rekordi muallifiga aylandi. Ushbu statistika 2006/2007 yilgi mavsumdan beri saqlanib kelinmoqda.
Frantsiya chempionatining joriy mavsumida Vahbi 12 ta uchrashuvda ishtirok etib, 7 ta gol urgan (3 tasi penaltidan).
12 turdan keyin «Sent-Eten» 6 ochko bilan Liga 1 turnir jadvalini oxirgi o'rnida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
202