Rasman. «Tottenxem» Nunu Eshpiritu Santuni iste'foga chiqardi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 122

Nunu Eshpiritu Santu «Tottenxem» bosh murabbiyi lavozimidan iste'foga chiqarildi. 47 yoshli portugaliyalik mutaxassis bilan birga butun murabbiylar shtabi jamoani tark etdi.
«Shporlar» Angliya chempionatining joriy mavsumida 10ta o'yindan so'ng 15 ochko bilan jadvalda 8-pog'onani egallab turishibdi. Jamoa barcha musobaqalar doirasida so'nggi 4ta o'yinning 3tasida mag'lubiyat alamini tortdi. APL doirasida so'nggi 7ta bahsning 5tasi klub yutqazdi.
Nunu 2021 yilning iyun oyida «Tottenxem» bosh murabbiyiga aylangandi.
Avvalroq Serjiu Konseysau («Portu»), Paulu Fonseka (jamoasiz) yoki Antonio Konte "Tottenxem"ni boshqarishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
203