Nevill Sancho ehtiyot bo'lishi kerakligini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 150

«Manchester Yunayted»ning sobiq himoyachisi Gari Nevill jamoa havbeki Jeydon Sanchoning istiqboli haqida gapirdi.
Yozda «Borussiya» Dortmunddan kelib qo'shilgan 21 yoshli ingliz hozircha asosiy tarkibdan o'rin ololmayapti. U mankunianliklar safida 7ta o'yinda maydonga tushib, na gol urdi va na assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
«Bilasizmi, o'ynamayotgan va zaxira o'rindig'ida o'tirgan Donni van de Bek haqida o'ylay olmayman. Ehtiyot bo'lmasa, Sancho bilan ham shunday bo'ladi.
U jamoa bilan bir necha yomon o'yinlarda ishtirok etdi. U «bu erda nima qilyapman?» deb o'ylayotgan bo'lishi mumkin. Chunki «Borussiya»da tizimli jamoa bor edi, «MYu»da esa yo'q», — deya Nevillning so'zlarini keltiradi The Sun.

Bosh sahifaga
226