Konte «Tottenxem» rahbariyatiga javob qaytardi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 155

Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, Londonning «Tottenxem» klubi rahbariyati murabbiy Nunu Espiritu Santuni istefoga chiqarmoqchi. Manbaga ko'ra, portugaliyalik mutaxassis o'rniga jamoaga Antonio Konteni taklif qilmoqchi.
Ma'lum bo'lishicha, italiyalik «shporlar»ga rad javobi bilan javob qaytargan, chunki u «Manchester Yunayted»dan taklif kutmoqda.
Mankunianliklar o'z jamoasi bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsherga so'nggi imkoniyatni berishdi va hozircha norvegiyalik murabbiy bundan mohirlik bilan foydalanmoqda.
O'tgan mavsumda Konte «Inter» bilan birga A Seriyada g'alaba qozondi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
227