Felish deyarli 1000 daqiqalik golsiz seriyani yakunladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 129

Portugaliyalik futbolchi "Betis"ga qarshi o'yinda gol urdi.
Ispaniya chempionatining 12-turidan o'rin olgan uchrashuvda "Atletiko" Sevilyadan tashrif buyurgan "Betis"ni qabul qildi va yirik 3:0 hisobida g'alaba qozondi. Ikkinchi bo'limda zahiradan maydonga tushgan portugaliyalik Joau Felish jamoasining 3-golini urdi.
Bu gol 21 yoshli hujumchi uchun mavsumdagi ilk gol hisoblanadi. U fevral oyidan buyon "matraschilar" safida gol urolmayotgan edi.
Felish bu goli bilan o'zining 948 daqiqalik golsiz seriyasini yakunladi.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
357