"Bavariya" Levandovski o'rniga hujumchi topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 193

Myunxenning "Bavariya" jamoasi "Nant" klubi hujumchisi Kolo Muani transferiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Jamoa bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann hujum chizig'ini kuchaytirish niyatida.
Klub 22 yoshli futbolchini o'z safiga qo'shib olish uchun Frantsiya klubi bilan muzokaralarni boshlashga tayyor. "Bavariya"dan tashqari hujumchiga "Tottenxem", "Ayntraxt" va "Borussiya M" jamoalari ham da'vogarlik qilmoqda.
Joriy mavsumda Muani Frantsiya chempionatida 10 o'yin o'tkazib, 2 gol urdi va 3 golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt futbolchining narxini 10 million evro deb baholangan.
Manba: readfootball.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
350