Saloh yanvarda «Liverpul»dan ketadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 394

«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh yangi shartnoma borasida muzokaralar olib bormasa, yanvarda jamoani tark etadi. Mersisaydliklar futbolchi bilan shartnomani uzaytirmoqchi, biroq tomonlar forvardning maoshi borasida kelisha olmayapti.
Tribalfootball nashri xabariga ko'ra, agar tomonlar 1 yanvargacha kelishuvga erisha olmasa, «Liverpul» Salohni transferga qo'yadi. Misrlik futbolchining amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar tuzilgan va futbolchining narxi 100 million evroga baholanmoqda.
Joriy mavsumda Saloh 13 ta uchrashuv o'tkazib, 15 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
352