"Liverpul" "Real" futbolchisi uchun "Arsenal" bilan kurashadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 125

"Real Madrid"ning serbiyalik hujumchisi Luka Yovich faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin, deya xabar berdi Fichajes nashri.
Ma'lumotlarga ko'ra, shaxsan "Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp klub rahbariyatidan 23 yoshli futbolchining transferini so'ragan. Rahbariyat hujumchining transferi uchun "Arsenal" bilan kurashadi, deya qo'shimcha qilingan xabarda.
Joriy mavsumda Yovich "qaymoqranglilar" uchun La Ligada 6 o'yin o'tkazgan va bularning barchasida zahiradan uchrashuvga qo'shilgan. Transfermarkt portali futbolchining narhini 20 million evroga baholagan.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
264