Messi "Barselona"ga qaytishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 164

"PSJ"ning argentinalik yulduzi Lionel Messi Kataloniya klubiga qaytishi mumkinligini haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Ha, men har doim klubga yordam berishni xohlayotganimni aytganman. Men qachondir klubda texnik kotib bo'lib ishlashni xohlayman. Bu "Barselona"da bo'ladimi yoki yo'qmi bilmayman... Yana klubga o'z hissamni qo'shishni istardim", - dedi Messi Diario Sport nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Messi 2021 yilning iyulida "Barselona"ni tark etgan edi. Joriy mavsumda 34 yoshli argentinalik futbolchi "PSJ" uchun chempionatda 5 o'yin o'tkazib, samarali harakatlar amalga oshirmadi.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
270