Legionerlarimiz. "Sherif" g'alaba qozondi. Yaxshiboev maydonga qaytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 117

Moldova milliy ligasida 16-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.
Hamyurtimiz Jasur Yaxshiboev sharafini himoya qilayotgan "Sherif" jamoasi bu turda "Petrokub" mehmoni bo'lib 0:2 hisobida g'alaba qozondi.
Uchrashuvdagi gollarga "Sherif" safida Sebastan Till va Halid Basit mualliflik qildi.
Yurdoshimiz Jasur Yaxshiboev o'yinning 57-daqiqasida zahiradan maydonga tushdi va samarali harakatlar amalga oshira olmadi.
Moldova milliy ligasi, 16-tur
"Petrokub" – "Sherif" - 0:2 (0:1,0:1)
Gollar: 32 - Sebastan Till (0:1), 90 - Basit (0:2).
"Sherif" – Atanasiadis, Traore (Jasur Yaxshiboev 56), Till, Petro, Krishtianu, Kolovos, Kastaneda, Dulanto, Arboleda, Basit, Addo.
Manba: www.stadion.uz.Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
263