Aguero yana 2 kun shifoxonada qoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 152

«Barselona» hujumchisi Serxio Aguero yana kamida 2 kun shifoxonada qoladi. Futbolchining yuragi chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruvdan o'tkaziladi.
33 yoshli argentinalik futbolchi La liganing 12-turi doirasida «Alaves»ga qarshi o'yinning (1:1) 41-daqiqasida o'zini yomon his qilgani uchun zaxiraga olindi. Uning yurak ritmida kichik o'zgarish ro'y berdi. Aguero o'sha zahoti tez tibbiy yordam mashinasida shifoxonaga etkazildi.
Agueroda sodir bo'lgan holat kam ro'y beradigan hodisa bo'lib, uning maydonga qaytishi xavfsiz ekaniga ishonch hosil qilinmaguncha u futbol o'ynamay turadi. Shu bois, Serxioning qachon tarkibga qaytishi ma'lum emas.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
355